Qurilish va uy-joy kommunal kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi o'rganishlari davom etmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi o'rganishlari davom etmoqda.
Bugun Ishchi guruhi Xo'jayli tumani "Madaniyat" MFYdagi 420 o'rinli 41-maktabni rekonstruksiya qilish obyektini o’rgandi. Binoda issiqlik izolyatsiyasi ishlari noto'g'ri qilingan, pardozlash ishlarida deraza oynalari inobatga olinmagan va ishlar betartib bajarilgan.
Keyingi manzil Amudaryo tumani bo'ldi. Xususan, hududdagi 31-sonli 330 o'rinli maktab ko'zdan kechirildi. Binoning pol va sanuzel qismlarida kamchiliklar bor. Bu bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma taqdim etildi. Obyektni 1-noyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shu bois barcha ishlarni sifatli tarzda o’z muddatida yakunlash yuzasidan topshiriq berildi.
Vazir o'rinbosari tomonidan mazkur tumandagi 300 o'ringa mo'ljallangan 46-sonli maktabdagi bir qator kamchiliklar ham tanqid qilindi. Jumladan, obyektga quyosh panellarini o'rnatishni to'liq yakunlash, hudud atrofini o'rash kabi ishlarni 1-noyabrga qadar nihoyalab, ushbu maktabni ham o'z egalariga talab darajasida topshirish vazifasi belgilandi.