UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi hamda  Adliya vazirligi mas'ullaridan iborat delegatsiya Ozarbayjon Respublikasida bo'ldilar

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Xalqaro moliya assotsiatsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi hamda  Adliya vazirligi mas'ullaridan iborat delegatsiya Ozarbayjon Respublikasida bo'ldilar.

Xizmat safarining dastlabki kunida Ozarbayjon Respublikasi Davlat Shaharsozlik va arxitektura qo'mitasida uchrashuv tashkil etildi. Unda Ozarbayjonda qurilish ishlariga ruxsat berish bo'yicha davlat xizmatlarining ko'rsatilishi, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda sohaga tegishli boshqa tartib-taomillar yuzasidan ma'lumot berildi. Tomonlar o'zaro sohadagi o'xshash va farqli tomonlarni muhokama qildilar. Suhbat davomida tizim takomillashuvi yo'lida manfaatli hamkorlik imkoniyatlari ham ko'rib chiqildi. 

Kunning ikkinchi yarmida hamyurtlarimiz tomonidan Davlat uy-joy qurish Agentligi faoliyati o'rganildi. Shuningdek, ular Baku shahri Yasamal tumanida yangi barpo etilgan uy-joy massivi bilan tanishdilar.

Ta'kidlash lozimki, mazkur tajriba  sohadagi ustuvor yo'nalishlarda manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.


Xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari ishtirokidagi delegatsiya 12-13-avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasida xizmat safari bilan bo'ldi.  

Kuni kecha hamyurtlarimiz Baku shahrining Shaharsozlik va arxitektura boshqarmasida bo'lib, ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Unda qurilish sohasida ruxsat berish bo'yicha davlat xizmatlari elektron portali, undagi zamonaviy qo'llanmalar, sohani raqamlashtirish hamda arxitektura va shaharsozlik sohasida nazorat tizimlari bo'yicha olib borilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Hamkorlik uchrashuvlarida bir qator samarali  kelishuvlarga erishildi. Shundan so'ng delegatsiya Ozarbayjondagi safarini yakunlab, Gruziya tomon yo'l oldi.