UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutasaddilari, jumladan, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i ishtirokida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mas'ullari uchun kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutasaddilari, jumladan, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i G‘.Mirzayev ishtirokida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mas'ullari uchun kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi A.Mahmudaliyev ham ishtirok etib, hududda qurilish sohasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalarga tóxtaldi.

Jumladan, sohada ishchi xodimlarning malakasini oshirish, mutaxassislikka óqitish, qurilish ishlarida shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilinishini qat’iy nazorat qilish lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga kelgusi rejalar, soha islohotidagi muhim vazifalar muhokama qilindi. Bunda har bir xodimning taklif va mulohazalari qabul qilindi.

Faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan boshqarma rahbar va xodimlariga tegishli ko'rsatma hamda topshiriqlar berildi.