Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent O‘rdasi” MCHJ tomonidan Anhor kanali bo‘yida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan bildirilgan fikrlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur obyekt Toshkent shahri Yunusobod tumani “Qashqar” mahallasi “Navoiy” ko‘chasi 2-b uy manzilida joylashgan. Mavjud restoran binosini rekonstruksiya qilish asosida mehmonxona va biznes markazi qurilishi bo‘yicha ekspertiza xulosasi olingan.
Qurilish ishlari quyidagi asoslar bilan amalga oshirilgan, jumladan, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 25-noyabrda loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa berilgan. 2024-yil 5-dekabr kuni bo'yicha “World Expert Group” MCHJ tomonidan ekspertiza xulosasi olingan. Vazirlar mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi200-sonli qaroriga muvofiq 2024-yil 27-dekabrda inspeksiyadan xabardor etish orqali rasmiy ro’yxatga olingan.
Shuningdek, ushbu obyekt bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 8 marotaba monitoring ishlari o‘tkazilgan. 7 marta yozma ko‘rsatmalar berilgan.