UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur  tumanidagi "Tashkent city" hududida joylashgan "Real house" turar joy binosida monitoring ishlari o'tkazildi.

Natijada obyektda "Qurilishda xavfsizlik texnikasi” qoidalariga rioya qilinmaganligi, shu bilan bir qatorda hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagani aniqlandi.

Mas'ullar ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berishdi va qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi.