UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Telegram ijtimoiy tarmog’ining  “Yunusobodliklar_24” (Юнусабадцы_24) guruhida Toshkent shahri Yunusobod tumani 8-mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan o’sha hududda joylashgan qurilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari bo’yicha e'lon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Toshkent shahri Yunusobod tumani  8-mavze 51-uyda joylashgan “INNOVATIVE SIFAT STROY” MChJga tegishli “Ko’p qavatli turar-joy binolari” obyekti o‘rnatilgan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan. Videolavhada qurilish obyektining 3-blok +14.00 sathida monolit temir-beton devorlar hamda ora yopma plitalarning qoliplarini ko'chirish jarayoni tasvirga olingan bo'lib, ushbu qurilish obyektida inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o'rnatilganligini ma’lum qilamiz.