Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov kuni kecha Navoiy viloyatida bo'ldi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov kuni kecha Navoiy viloyatida bo'ldi.
Jarayonda hududiy inspeksiyaning faoliyati bilan tanishildi hamda sohadagi mavjud muammolarga to'xtalinib, viloyat hududidagi qurilishlarning sifatiga jiddiy e'tibor qaratish hamda o'zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilishlarga qat'iy choralar ko'rish kerakligi ta'kidlab o'tildi.
Shu bilan birga inspeksiya rahbari hududda amalga oshirilayotgan ishlarning statistikasini tahlil qildi hamda mas'ullarga samaradorlikni oshirish bo'yicha bir qator yo'nalishlarni belgilab berdi.