Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov Qashqadaryo viloyatida bo'ldi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov Qashqadaryo viloyatida bo'ldi. Inspeksiya rahbari dastlab Qarshi shahridagi "Issiqlik manbai" DUK tassarufidagi RK-3 markazlashgan qozonxonasi bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, bugungi kunda ushbu qozonxona yangi qurib bitkazilgan bo'lib, mavsumga shay holatga keltirilgan. Jumladan, mamlakatimizga kirib kelayotgan sovuq havo sharoitida aholiga issiqlik energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, qozonxona hamda issiqlik tarmoqlaridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish asosiy maqsad sifatida belgilab olingan.
Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahrida joylashgan ko'p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ham ko'zdan kechirdi.
- Yurtimizga qish fasli kirib kelmoqda ko'p kvartirali uylarning holati bu mavsumga tayyor bo'lishi shart, har bir quyoshli kun esa bizga imkoniyat. Undan unumli foydalanib ko'p kvartirali uylarning holatini yaxshilashimiz lozim, - dedi Sirojiddin Eshquvvatov.




