UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (REYD)

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida reyd tadbirlari davom etadi.

Xususan, Mirobod tumani "Bilimdon" ko’chasi hududida buyurtmachi "GUANGDONG TRADE ASSOCIATION” MCHJ tomonidan qurilayotgan o’rta qavatli biznes markazi va ofis binosi qurilishi o'rganilganda sifatsiz ora yopma plitalar olib kelinib, montaj qilinganligi aniqlandi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari elektron yozma ko'rsatmalar berilib, sifatsiz plitalar bo'yicha ishlab chiqaruvchiga taqdimnoma kiritildi va ular joyida demontaj qildirilib, ishlab chiqargan korxonasiga qaytarildi.