UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (reyd tadbirlari)

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida  nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda noqonuniy qurilishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Dastlabki manzil Toshkent tumani hududida buyurtmachi "Emrerm house" MChJ tomonidan qurilayotgan noqonuniy qurilish obyekti.

Obyektda qurilish ishlari belgilangan tartibda hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda noqonuniy tartibda amalga oshirilgan. Inspeksiya tomonidan holat bo'yicha ikki marotaba ogohlantirish xatlari berilgan.  Biroq shunga qaramasdan buyurtmachi qurilish ishlarini davom ettirgan. Shundan so’ng ma'muriy jarima choralari qo'llanilib, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish yuzasidan sudga da'vo arizalari kiritilgan. 

Eslatib o’tamiz, kuchaytirilgan tartibdagi nazorat tadbirlari hududlarda davom etmoqda.