UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda qurilish obyektlarining holati, kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining nazorati masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida har bir hududiy inspeksiya rahbarlarining hisobotlari onlayn tinglanib, davlat dasturiga kiritilgan va inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlarida shaharsozlik me’yorlariga rioya etilishi, texnik hamda mualliflik nazorati samaradorligi va sifat masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, inspeksiya rahbari tomonidan qurilish obyektlarida davlat nazoratini kuchaytirish, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda shaffof va samarali nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari yig‘ilishda kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini takomillashtirish, qurilish jarayonlarining shaffofligi hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.