Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tahliliy va tanqidiy ruhda bo'lib o'tgan muloqotda ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida so'z yuritildi.
Xususan, Inspeksiya boshlig‘i Sirojiddin Eshquvvatov joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda asosiiy e'tibor ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga qaratilishi zarurligini alohida takidladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yilning 1-sentabr holatiga inspeksiya tomonidan 7 037 ta ko‘p kvartirali uylarni o‘rganish natijasida 2 685 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan. 1 270 ta qonunbuzilish holatlari bo‘yicha ma'muriy jarima choralari qo'llanilgan.
Shuningdek, ko'p qavatli turar joy binolarida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha joriy yilda 3 056 ta uyning yerto‘la qismi o‘rganilgan, 658 ta qoidabuzarlik aniqlangan va 234 ta holatda ma’muriy jarima choralari qo'llanilgan. Inspeksiya tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalarga asosan 259 ta qoidabuzarliklar bartaraf etilgan hamda majburiy tartibda bartaraf etish bo‘yicha sudga 83 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Yig'ilish davomida ko'rsatkichlari past bo'lgan hududiy inspeksiyalar faoliyati qattiq tanqid qilindi hamda kelgusida bunday sustkashlikka yo'l qo'ymaslik bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.