Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspkesiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chilonzor tumani 19-mavze 52-uy 2-xonadondagi holat joyida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspkesiyasi tomonidan o’rganildi.
Monitoringda mulkdor tomonidan tegishli loyiha hujjatlarisiz xonadonning ichki qismidagi to'siq devori va tashqi fasad qismiga o'zgarish kiritilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan amaldagi qununchilikka asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va o'zboshimchalik bilan amalga oshirilgan qayta rejalashtirish ishlarini avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan majburiy ko'rsatma berildi.
Shuningdek, berilgan majburiy ko'rsatma talablari o'z muddatida bajarilmagan taqdirda belgilangan tartibda tegishli fuqarolik sudlariga da'vo arizasi kiritilishi to'g'risida ogohlantirildi.