UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov ayni kunlarda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi (COP29) doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov ayni kunlarda Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi (COP29) doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda. 

Xususan, vazir o‘rinbosari «Klimat bo‘yicha ko‘p darajali va ko‘p sektorli harakatlarning yuqori darajadagi ochilishi» hamda «Yuqori darajadagi davra suhbati: Shaharlarda transport va infratuzilma» kabi muhim sessiyalarda chiqish qildi. 

D.Adilov iqlimiy choralarni boshqaruvning barcha daraja va iqtisodiyotning har bir sektorlariga integratsiya qilish ahamiyati xususida to‘xtaldi. Shuningdek, mamlakatimizda ekologik barqaror shahar muhitini yaratish uchun qo‘llanilayotgan kompleks yondashuvlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatda quvvati 3 000 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu bilan birga suv ta’minoti obyektlarida 2 MVt quvvatga ega panellar o‘rnatildi. So‘nggi yillarda 82 isitish qozonlari yangilandi, bu esa samaradorligi yuqori bo‘lgan ekologik “yopiq” isitish tizimlariga tizimli ravishda o‘tishni ta’minlab kelmoqda.

- O‘zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, har bir yangi qurilish obyektining hududidan kamida 30 foizi yashil hududlarga ajratish talabi joriy etildi, bu esa minglab gektarlarni ekologik toza hududlarga aylantirish va shaharlarning atrofida yashil halqalar yaratish imkonini beradi,- dedi vazir o‘rinbosari.

Shaharlarda transport va infratuzilma masalalariga bag‘ishlangan sessiyada “Yangi Toshkent” loyihasi haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida hududning 50 foizi yashil hududlarga ajratiladi. Shuningdek, innovatsion tizimlar, xususan, chiqindilarni pnevmatik yig‘ish va ularni qayta ishlash joriy etiladi. 

Tadbirlar davomida vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi shaharlarni barqaror rivojlantirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U xalqaro hamkorlar bilan tajriba almashish va iqlim harakatlari bo‘yicha tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

- O‘zbekistonning COP29 tadbirlaridagi ishtiroki barqaror urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi, - deya o'z fikrini yakunladi vazir o‘rinbosari.