UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Davronjon Adilovning  fuqarolar bilan navbatdagi qabuli o'tkazildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Davronjon Adilovning  fuqarolar bilan navbatdagi qabuli o'tkazildi. Xususan qabulda  A.Davronovning qurilish ishlaridan noroziligi bilan bog'liq holat tinglandi. 

Ma'lum bo'lishicha,  poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “BM STROY DEVELOPERS” MCHJ  tomonidan  qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binosining yon tomonidagi derazalaridan boshqa xonadonlarni koʻrish panaligi taʼminlanmagan.  Muhokamalarda vazir o'rinbosari  mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berdi.   Jumladan, vazirlik huzuridagi  inspeksiya tomonidan ushbu qurilish korxonasi faoliyati qayta o'rganiladigan bo'ldi. 

Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 30-dekabrdagi xulosasiga zid ravishda loyihadan chetga chiqqan holda  qurilishi rejalashtirilayotgan obyektning 2-blok 3-12-qavatlaridagi tashqi derazalariga metall jalyuzi oʻrnatilmagan taqdirda, qurilish ishlarini to'xtatish lozimligi alohida ta'kidlandi. 

Qabulda Murojaatlar bilan ishlash va dispetcherlik  bo'limi boshlig'i U.Rahimov, Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassisi O.Doniyev hamda vazirlik mas'uli U.Azimovlar ishtirok etdi.  Qabulda fuqarolarning shu va boshqa masalalariga e'tibor qaratilib, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.