UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholi murojaatiga asosan poytaxtimizning Mirobod tumani Movarounnahr mahallasida bo’ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholi murojaatiga asosan poytaxtimizning Mirobod tumani Movarounnahr mahallasida bo’ldi.

Mazkur hududda faoliyat yurituvchi “Stimul” uy-joy mulkdorlari shirkati o’z boshqaruvidagi 10 ta uyga xizmat ko’rsatmayotgani, bu esa kuz-qish mavsumidan oldin bir qator muammolarni keltirib chiqishi mumkinligi ta’kidlandi.

-Biz aholi oldidagi mas’uliyatga haqida ko’p gapiramiz. Kommunal sohada bu juda muhim jihat ekanligini ta’kidlaymiz. Ammo hali ham oramizda islohotlar mazmunini tushunmaydigan yoki eskicha ish yuritishdan manfaat ko’zlayotganlar uchramoqda. Biz maqsadlarimiz yo’lida qat’iymiz va bunday mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ymaymiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Aholi bilan muloqot jarayonida mazkur 10 ta uy tumanda faoliyat yurituvchi boshqa boshqaruv organiga o’tkaziladigan bo’ldi. Shuningdek, ushbu boshqaruv tashkilotiga ko’p qavatli uylarda mavjud muammolarni bartaraf etish va 10 kun muddat ichida kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berildi.