UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva aholining kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qilib keladi

Bugun 22-dekabr, haftaning juma kuni. Ta’kidlab kelayotganimizdek, haftaning juma kunlarida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva aholining kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qilib keladi. 

Ayni damda vazir o‘rinbosari jismoniy va yuridik shaxslarning 10 dan ortiq murojaatlarini qabul qilmoqda. Xususan, Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kommunal va uy-joy xizmatlarini tashkil etish, boshqaruv tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni o‘rnatish, ularning faoliyatidagi qoidabuzilish holatlari va billing tizimiga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi. Aksariyat muammolar joyida bartaraf etildi. Joyiga chiqqan holda o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan aniq muddat belgilanib, shaxsan vazir o‘rinbosari boshchiligida o‘rganiladigan bo‘ldi. 

- Bizning vazifamiz aholiga sifatli xizmat taqdim qilish, bu bo‘yicha islohotlarimiz davom etadi. Har qancha qiyin bo‘lmasin, xizmat ko‘rsatish sohasida o‘rnashib qolgan, fuqarolarimizni qiynab kelayotgan muammolarni oldini olamiz. Talon-tarojlik, boqibeg‘amlikka yo‘l qo‘yilmaydi,- dedi Ozoda Jo‘rayeva.