UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bugun poytaxtimizning Bektemir hamda Yangihayot tumanlarida barpo etilayotgan massivlarda bo’ldi

Mamlakatimizning demografik o’sish sur’atlari yangi uy-joylarga bo’lgan talabni oshirayotgani hech kimga sir emas. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yangi O’zbekiston” massivlari barpo etilmoqda.

Har tomonlama zamonaviy, qulay infrastruktura asosida aholiga maqbul sharoitlar yaratilmoqda. Yangi uylar foydalanishga topshirilgandan so’ng ularni ekspluatatsiya qilish, texnik holatini ushlab turish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda yangi massivlarda uy-joylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati yo’lga qo’yilmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bugun poytaxtimizning Bektemir hamda Yangihayot tumanlarida barpo etilayotgan massivlarda bo’ldi. 

Jarayonda boshqaruv organlari uchun tashkil etilayotgan boshqaruv binolari, ularda aholi va ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, Bektemir tumanida o’z faoliyatini boshlagan “Eco hudud” BSK, unda tashkil etilgan xizmatlar, yaratilayotgan qulayliklar ko’zdan kechirildi. 

Shu bilan birga vazir o’rinbosari “Yangi darxon” mahallasida bo’y cho’zgan baland-baland binolarni o’zida jamlagan massivda ham bo’lib, mazkur hududdagi uylarga xizmat ko’rsatish uchun tashkil etilgan boshqaruv organi bilan ham tanishdi. 

- Aholimizni qulay va zamonaviy yashashi uchun yaratilayotgan ushbu sharoitlarni qadriga yetishimiz, uni asrab-avaylashimiz kerak. Katta kuch, mehnat talab qilgan ushbu insonparvar loyiha davomli bo’lishida barchamizning mas’iliyatimiz bor,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Ma’lumot uchun, Bektemir tumanida 40 ta ko’p kvrtirali uy qurilib, 18 tasi foydalanishga topshirilgan. “Yangi darxon” mahallasida ham bugungi kunda 18 ta uy foydalanishga topshirilgan.