Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona shahri “Yangi O’zbekiston” massivida bo’ldi
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona shahri “Yangi O’zbekiston” massivida bo’ldi.
Ta’kidlaganimizdek, 300 gektarlik maydonda 40 ming nafar aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etilgan bo’lib, mazkur obyektda 300 ga yaqin ko’p kvartirali uy qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 73 ta ko’p kvartirali uy qurilib, bitkazilgan. Shuningdek, 6 ta ijtimoiy soha obyekti barpo etilgan.
Qayd etish kerakki, ushbu yangi uylarni ekspluatatsiya qilish, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish uchun salohiyatli boshqaruv tashkiloti zarur. Shu ma’noda Eko shaharda boshqaruv organi uchun ma’muriy bino tashkil etilmoqda.
Vazir o’rinbosari Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va boshqa mutasaddilar bilan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasidagi tashkiliy masalalarni muhokama qildi. Xususan, boshqaruv tashkiloti binosini aholi va ishchi-xodimlar uchun qulay maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.
Shu bilan birga qo’shimcha servis xizmatlarni oshirish, tadbirkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.





