Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Farg'ona shahrida qad rostlayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida bo’ldi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Farg'ona shahrida qad rostlayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida bo’ldi.
Ma’lum qilinganidek, Farg’ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming nafar aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etilib, 300 ga yaqin ko’p kvartirali uy qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 73 ta ko’p kvartirali uy qurib bitkazilgan. Shuningdek, 6 ta ijtimoiy soha obyekti barpo etildi.
Ma’lumki, mazkur uy-joylar ekspluatatsiyasi, aholiga kommunal xizmatlarni ko’rsatish mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu ma’noda yashil shaharda ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Eco city service” BSK tashkil etildi.
Vazir o’rinbosari boshqaruv organi faoliyati, ularga barpo etilaytogan boshqaruv binosi bilan yaqindan tanishdi.
- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Farg’ona xalqiga mana shunday yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. Bu fuqarolarimizning turmush sharoitini oshirishda juda katta ahamiyatga ega. Ammo ushbu obyektlarning texnik holatini saqlash, obodonlashtirish katta mas’uliyat. Va bu vazifaga biz katta mas’uliyat bilan yondoshmog’imiz kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, boshqaruv tashkilotiga qo’shimcha servis xizmatlarni tashkil etish, mulkdorlarning birlamchi ehtiyojlari uchun takliflar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.






