UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona shahrida “Safort Consensus Kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona shahrida 43 ta ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi “Safort Consensus Kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, kompaniyaning 24 soatlik dispetcherlik xizmati, qo’shimcha servis xizmatlari, aholiga yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi. 

Shuningdek, vazir o’rinbosari aholi bilan suhbatlashib, ularning kompaniya faoliyatiga doir fikr va mulohazalari bilan qiziqdi. Farg’onlaliklar bilan samimiy muloqot davomida ularning boshqaruv tashkiloti faoliyatidan rozi ekanligi ayon bo‘ldi.

- Bizning faoliyatimizni xalq baholaydi, deyman doim. Qayerga bormay, albatta mulkdorlar fikriga qiziqaman. Chunki biz aholi qulayligi uchun mas’ulmiz. Agar aholi bizdan rozi bo’lsa, demak to’g’ri yo’ldamiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Shu bilan birga boshqaruv tashkilotining kelgusi rejalari va vazifalari muhokama qilindi. Ish samaradorligini oshirish maqsadida zarur tavsiyalar berildi.