UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona viloyatida bo’lib turibdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda aholining kommunal sohaga oid muammolarini o’rganish, ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayonini o’rganish maqsadida Farg’ona viloyatida bo’lib turibdi. 

Dastlabki manzil Qo’qon shahri “Yuksalish” mahallasi bo’ldi. Vazir o’rinbosari mazkur hududda sohani takomillashtirish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Xalq manfaatiga xizmat qiluvchi mazkur ishlarni yanada rivojlantirish lozimligi ta’kidlanib, bunda sohaga zamonaviy texnologiya va yechimlarni jalb etish lozimligi aytib o’tildi. 

- Kommunal soha rivoji bugungi kunda olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan ham sezilishi kerak. Aholimiz qulaylik va xavfsizlik his qilishlari, bugungi kunidan rozi bo’lib yashashini ta’minlashimiz lozim,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Vazir o’rinbosari Farg’ona viloyatiga xizmat safari chog’ida bir qancha hududlarni o’rganishni reja qilgan.