UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bilan birgalikda Navoiy shahridagi ko’p kvartirali uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko’zdan kechirdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bilan birgalikda Navoiy shahridagi ko’p kvartirali uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko’zdan kechirdi. 

Unda ko’p kvartirali uylarning texnik holati, yerto’la va kirish qismlarda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari o’rganildi. 

Mutasaddilar aholi bilan suhbatlashib,  ularning sohadagi o’zgarishlarga nisbatan munosabati bilan qiziqdi. 

- So’nggi yillarda sharoitimiz ancha yaxshilandi. Uylarimiz atrofi obodonlashib, barchamiz uchun qulay muhit shakllantirildi. Biz bu o’zgarishlardan juda mamnunmiz, - dedi mulkdorlardan biri. 

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining e’tibori tufayli sohada haqiqatan tub o’zgarishlar bo’lmoqda. Muhimi, bu xalqchil siyosat yurtdoshlarimiz hayotida ijobiy aks etmoqda. 

O’rganishlar so’nggida kommunal xizmat ko’rsatish sohasini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.