UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hududlarda tashkil etilgan jarayonlarga nisbatan nazorat tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Navoiy viloyatida bo’lib turibdi

Bugun respublikamizning har bir hududida ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash avj pallada. Mazkur jarayon qat’iy intizom va sifat talablari asosida amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hududlarda tashkil etilgan jarayonlarga nisbatan nazorat tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Navoiy viloyatida bo’lib turibdi

Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Navoiy shahri prokurori Xudoyberdi Norqobilov, Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i Akbar Niyozov hamda boshqa bir qator mas’ullar bilan Navoiy shahridagi ko’p qavatli uylar holatini o’rgandi. 

Xususan, joriy yilda aholi turar joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, boshqaruv tashkilotlari faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi ko’zdan kechirildi. Vazir o’rinbosari uylarning yerto’la qismlariga tushib, unda mavjud holatlarga o’zining munosabatini bildirib o’tdi.

- Navoiy viloyati aholisining to’lov qobiliyati boshqa hududlarga nisbatan ancha tartibli. Bu ushbu hududda faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari uchun katta mas’uliyat demakdir. O’z mas’uliyatiga befarq bo’lmaganlar, shubhasiz huquqlarini ham himoya qila oladi,- dedi Ozoda Jo’rayeva. 

Shuningdek, Ozoda Jo’rayeva bir qator aholi vakillari bilan suhbatda bo’lib, ularning sohadagi o’zgarishlarga nisbatan munosabatiga qiziqdi. Mavjud muammo va takliflarini qabul qildi. 

- Mana istiqlolimizning 33 yilligi tantanasi arafasida yurtimizda hamma yo’nalish qatori, kommunal sohadagi o’zgarishlarni e’tirof etishimiz lozim. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan inson manfaatlari har sohada ustun qo’yilayotgani bugun o’zining ijobiy natijalarini namoyon qilmoqda, - dedi Ozoda Jo’rayeva.