UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida bugun rahbariyat qabuli bo’lib o’tdi

Tartibni o’zimizdan boshlaylik!

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida bugun rahbariyat qabuli bo’lib o’tdi. 

Unda poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan kelgan 10 nafardan ortiq aholi vakillar o’zlarining kommunal sohaga oid muammo, taklif va mulohazalari bilan murojaat qildilar. Xususan, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organi faoliyatidan qoniqmaslik, o’z-o’zini boshqaruvchi organ tashkil etish, kredit qarzdorliklarini so’ndirish, billing tizimi bilan bog’liq muammolar ko’rib chiqildi. 

Mazkur murojaatlarning aksariyatini qabul davomida bartaraf etish choralari ko’rilgan bo’lsa, joyiga chiqqan holda o’rganish talab etiladiganlari bo’yicha aniq muddat belgilab olindi. Ozoda Jo’rayeva ushbu holatlarni shaxsan o’zi o’rganib chiqishini ta’kidladi.

Shuningdek, vazir o’rinbosari o’z majburiyatlarini inkor qilib, noqonuniy yo’llar qidirishga urinayotgan ba’zi mulkdorlar xatti-harakatini tanqid ostiga oldi.

- Uyimizda yaxshi sharoitni ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat yuqori bo’lishi kerak. Biz ko’pincha talab qilyapmizu, lekin o’zimiz oddiy qoidalarga amal qilmayapmiz. Bu majburiy badal to’lovidan tortib, umumfoydalanish obyektlaridan foydalanish qoidalariga amal qilmaslikda namoyon bo’layotgani achinarli. Shu bois tartibni keling o’zimizdan boshlaylik,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Eslatib o’tamiz, haftaning juma kunlari vazirlik binosida Ozoda Jo’rayeva ishtirokida qabul o’tkazib kelinadi.