UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva joylarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmat sifatini o’rganmoqda

Yashillikni saqlash har birimizning burchimiz!

Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish, ularning texnik holatini saqlash, ekspluatatsiya qilish ma’lum qismlardan iborat murakkab jarayon hisoblanadi. 

Shu ma’noda ushbu ishlarni tizimli ravishda tashkil etish boshqaruv organlaridan mehnat va alohida e’tibor talab etadi. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva joylarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmat sifatini o’rganmoqda. Xususan, bugun poytaxtimizning Uchtepa tumani “Birlik” mahallasi ko’zdan kechirildi. 

Jumladan, Olimpiada o’yinlarida chempionlikni qo’lga kiritib, barchamizni xursand qilgan Diyora Keldiyorova istiqomat qiluvchi uyning holati ham ko’zdan kechirildi. “Zolotoy znak” boshqaruv organi tomonidan xizmat ko’rsatiladigan mazkur uylarning texnik holatini yaxshilash, sifatli va zamonaviy xizmat ko’rsatish lozimligi ta’kidlandi. 

- Chempionlarimiz yashaydigan uylarda kommunal sohaga doir muammo bo’lmasligi kerak, ular uchun zarur sharoitlar ta’minlanishi kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva. 

O’rganishlar davomida tutash hududlarni sug’orish tizimida muammolar borligi aniqlanib, mazkur masalani bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Sug’orish tizimi yetib bormagan uylarni maxsus hisoblagich o’rnatilgan holda tunda sug’orishni tashkil etish, hududlarning ekologik muhitini saqlash lozimligi ta’kidlab o’tildi. 

- Biz bahor mavsumida boshqaruv organlari bilan minglab manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini o’tqazdik. Ammo yashil tabiatni saqlash undanda katta mas’uliyat. Albatta, sug’orish tizimini tez fursatlarda tashkil etish shart. Aholimiz ham bu tashabbusga qo’shilishi, daraxt ko’chatlarini asrab-avaylashi lozim. Zero, ekologik madaniyat endilikda barchamizga suv va havodek zarur,- dedi vazir o’rinbosari.

Bugungi kunda 40 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatib kelayotgan boshqaruv organiga mazkur ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.