UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo'rayeva Mirzo Ulug‘bek tumanida BO’LDI

Xabaringiz bor, ayni kunlarda kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish maqsadida respublika bo'ylab ommaviy tarzda ko'p kvartirali uylarni ta'mirlash yuzasidan qator chora-tadbirlar, targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlar monitoringini amalga oshirish maqsadida hududlarda bo'lib turgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo'rayeva Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatini ham chetlab o'tmadi.

Dastur doirasida mukammal va joriy ta'mirlanishi darkor uylar holati ko'zdan kechirildi. Rejadagi va amalda bajarilgan ishlar tahlili qilindi.

O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berar ekan  vazir o'rinbosari mas'ullarga qarata shunday dedi:

"Kuz-qish oylarida ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga barqaror issiqlik energiyasini yetkazib berish, qor-yomg‘irli kunlarda uylarning tomidan chakki o‘tmasligini ta’minlash maqsadida har bir BSK o'z oldiga aniq reja va manzilli ishlar ro'yxatini shakllantirishi kerak. Har bir e'tibordan chetda qolgan yo'nalish, ertaga siz rahbarlik qilayotgan tashkilot imidjiga, birinchi navbatda aholining turmush sharoitiga salbiy ta'sir o'tkazadi".