UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Navoiy shahri “Vatan” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirmoqda

Mamlakatimizda ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda respublikaning barcha hududlarida ishlar jadal ko’rinish kasb etgan. Xususan, Navoiy shahrida ham. 

Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Navoiy shahri “Vatan” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirmoqda. 

Mazkur mahalladagi 65 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Navoiy city” BSK 2019-yilda tashkil etilgan. Kompaniya tomonidan bugungi kunda uy-joylarni ekspluatatsiya qilish bilan bir qatorda 27 ta qo’shimcha servis xizmatlari ham yo’lga qo’yilgan.

Joriy yilda 20 dan ortiq uylarning framugalari yangilandi, jami uylardagi yerto’la muhandislik tarmoqlari kapital ta’mirlandi. Xususan, 398 ta energotejamkor va harakat-datchikli lampalar o’rnatilib, 98 ta kirish yo’laklari ta’mirdan chiqarildi. Shu bilan birga 10 ta uyning fasad qismi yangilandi.

Ozoda Jo’rayeva mazkur ishlar bilan tanishar ekan, mamlakatimizda kommunal sohaga berilayotgan e’tibor aholining turmush tarzini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi:

- Bugun sohada olib borilayotgan har bir islohot zamirida xalqimiz farovonligini yaxshilash maqsadi mujassam. Davlatimiz rahbarining yuksak e’tibori tufayli bugun uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasi ancha yaxshilandi. Muhimi, ushbu o’zgarishlar mulkdorlarimiz tomonidan ham e’tirof etilmoqda, - dedi Ozoda Jo’rayeva.