Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Mirobod tumanida bo’lib, bugungi kunda 37 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Mirobod comfort” boshqaruv tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Mirobod tumanida bo’lib, bugungi kunda 37 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Mirobod comfort” boshqaruv tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, kompaniya tomonidan ko’p qavatli uylarning kirish yo’laklarida amalga oshirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirildi. Shuningdek, uylarning texnik holati o’rganildi.
Ko’p qavatli uylar atrofida tozalik va tartibni saqlash, ko’kalamzorlashtirishga e’tibor qaratish yuzasidan boshqaruv organi vakillariga tegishli topshiriqlar berildi. Yangi qurilgan ko’p qavatli uylarning noturar qismlarida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarini ham nazoratga olish, aholi uchun noqulay shart-sharoitlarga barham berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
- Biz o’z vazifamizni sidqi dildan bajarsak, aholidan e’tiroz bo’lmaydi. Shuning uchun mulkdorlarimiz norozi bo’lgan holatlarga alohida e’tibor berishimiz kerak. Ularning xohishi, muammolari bilan qiziqishimiz kerak. Shundagina ishimizda samara bo’ladi,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, hududda aholining debitor qarzdorligini kamaytirishning choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.





