UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Yunusobod tumani "Ming chinor" mahallasida bo’ldi

Uchinchi manzil Yunusobod tumani "Ming chinor" mahallasi bo'ldi. Mazkur hududdagi ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasida qator muammolar bo'lib, aholi vakillarining murojaatlari oshishiga sabab bo'layotgan edi.  

41 ta uyga xizmat ko'rsatuvchi "Arsenal finance" BSK aholi murojaatlari bilan ishlash, ko'p qavatli uylarning texnik holatini saqlash, obodonlashtirish yo'nalishlarida aholi talablariga javob bermagani, sohadagi o'zgarishlarga mos ravishda rivojlanmagani ko'plab e'tirozlarni keltirib chiqargan edi. Vazir o'rinbosari tashabbusi bilan mazkur boshqaruv tashkilotiga kommunal sohada katta tajribaga ega va eng asosiysi aholi oldida o'z mas'uliyatini anglagan rahbar tavsiya etilgan va aholi roziligi bilan tayinlangan. 

Hozirda boshqaruv tashkiloti faoliyati tubdan yaxshilangan. Dispetcherlik xizmati 24 soat aholi xizmatida. Mulkdorlar murojaatlari va muammolari o'z vaqtida bartaraf etilmoqda. Aholi vakillari mazkur o'zgarishlardan mamnunligini bildirish uchun vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayevani o'z hududlariga taklif etdilar. 

 - Tizimdagi o'zgarishlarning har birida aholimiz manfaati ko'zlanmoqda. Faqatgina muammoli holatlarni o'rganib, bunday aholi mamnun joylarga kelsam, juda xursand bo'laman. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan har bir sharoit bizning asosiy maqsadimizdir,- dedi Ozoda Jo'rayeva. 

Ozoda Jo'rayeva BSK binosi, dispetcherlik xizmati, moddiy texnika bazasini ko'zdan kechirdi. Hududlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligini o'rgandi. Ish samaradorligini oshirish yuzasidan boshqaruv tashkilotiga qo'shimcha topshiriqlar belgilandi.