UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva sohadagi islohotlarning borishi, ijro intizomi nazorati yuzasidan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi

Bugun Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida ayni maqsadda yig‘ilish tashkil etildi. Vazir o‘rinbosari dastlab boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Tangriyev Panji Qobilovichni yuksak mas’uliyat bilan samimiy qutladi:

- Panji Qobilovich Surxondaryo viloyatining iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan insonlardan biri bo‘lib, uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Shuningdek, viloyatning kommunal sohasini rivojlantirishdagi faol ishtiroklarini ham alohida e’tirof etish lozim. P.Tangriyevga yuksak ishonch, mas’uliyatli vazifani ado etishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Surxon elining hayotini yanada yaxshilash, bunyodkorlik va aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini takomillashtirishda omad yor bo‘lsin,- dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Shuningdek, tadbirda tizimdagi korrupsion holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar qo‘llanishi, jumladan, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish, xususan shaffoflikni oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga qurilish jarayonida loyiha hujjatlariga rioya etish, budjet mablag‘larini maqsadli sarflash, kommunal sohada ishlarni sifatli va o‘z muddatida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.