UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshent viloyati Qibray tumanida bo’lib, mazur hududda joylashgan 22 ta ko’p kvartirali uyning holatini ko’zdan kechirdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshent viloyati Qibray tumanida bo’lib, mazur hududda joylashgan 22 ta ko’p kvartirali uyning holatini ko’zdan kechirdi.

Mazkur uylarning aksariyati o’z-o’zini boshqarish uslubidagi uylar bo’lib, e’tiborsizlik, kommunal bilimlarning yetishmasligi oqibatida achinarli holatga kelib qolgan. Hududdagi ikkita uyning yerto’la qismida paydo bo’layotgan sizot suvlar esa bevosita aholi daxlsizligiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida boshqaruv tashkiloti tomonidan muntazam choralar ko’rilayotgan bo’lsa-da, har safar suvni nasos orqali chiqarishga sarflanayotgan elektr energiyasi asosiy muammo bo’lib qolmoqda. 

Obodonlashtirish, uylarga texnik xizmat ko’rsatishdagi bir qator kamchiliklar aholi turmush tarzini tobora yomonlashishiga olib kelmoqda. 

Ozoda Jo’rayeva aholi bilan suhbatda bo’lib, o’z uyining taqdiri uchun befarq bo’layotgan hamda boshqaruv usulini tanlashni xohlamayotgan mulkdorlarni hushyorlikka chaqirdi:

- Yomg’irdan qochib, do’lga tutilishni istamasangiz, o’z vaqtida yashayotgan uyingiz holatiga e’tibor bering. Ozodalik, obodonlashtirishga mas’uliyat bilan qarang. Siz yashayotgan uy sizga hali ancha xizmat qilishi kerak. Bu mas’uliyatli vazifani professionallarga topshirish kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
 
Shuningdek, muloqot davomida boshqaruv organlari qanday vazifalarni bajarishi bo’yicha atroflicha tushunchalar berildi. Hozirda hududdagi barcha uylarni boshqaruv tashkilotiga biriktirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlovchi asosiy chora-tadbirlarni qo’llash ishlari olib borilmoqda.