UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent viloyati Zangiota tumanida bo’ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent viloyati Zangiota tumanida bo’ldi

Tumanning “Bog’zor” mahallasidagi 66 va 67- son uylarda istiqomat qiluvchi aholi vakillarining e’tiborsizligi, o’z mulkiga nisbatan daxldorlik tuyg’usining yo’qligi oqibatida ayanchli holatga kelib qolgan. O’z-o’zini boshqarish uslubi tanlangan uylarda deyarli hech qanday ishlar olib borilmagan. Uyning oqova suv quvurlaridagi tiqilishlar, texnik holatdagi kamchiliklar, obodonlashtirish hududlarining ko’p vaqtlar davomida qarovsiz qolishi aholi xavfsizligiga ta’sir qilmay qolmagan. Mulkdorlar tomonidan tartibsiz holatda noqonuniy qurilmalar qurilgani vaziyatni yanada yomonlashishiga olib kelmoqda. 

Ozoda Jo’rayeva aholi vakillarini mazkur holatlar oqibatidan ogohlantirdi:

- Uyning mas’uliyati mazkur qo’rg’onda yashovchi o’nlab odamlarning xavfsizligi uchun javobgarlik degani. Agar siz bu mas’uliyatga tayyor bo’lmasangiz, o’zimni o’zim boshqara olaman, deyishingiz noto’g’ri. Yillar davomida e’tibor bo’lmagani bois uy yomon holatga kelib qolgan. Bu esa katta mashaqqatdir, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganishlar so’nggida aholi roziligi bilan uylar mazkur hududda samarali faoliyat yuritib kelayotgan boshqa boshqaruv organiga biriktirildi. Hozirda uyning texnik holatini yaxshilash va obodonlashtirish yuzasidan ishlar boshlab yuborildi.