Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent viloyatida bo’lib, ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini o’rgandi
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent viloyatida bo’lib, ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini o’rgandi.
Dastlab vazir o’rinbosari Yangiyo’l shahri “Fayzi” mahalla fuqarolar yig’inidagi 14 ta ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Stroy invest” BSK faoliyati ko’zdan kechirdi.
Xususan, uylarning kirish yo’laklari, yerto’lasi va tutash hududlari ko’zdan kechirildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o’rganildi. Mavjud kamchiliklar qat’iy tanqid qilinib, tez kunlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
- Boshqaruv tashkilotlari uchun muhim palla boshlanmoqda. Bugungi ish ertaga samara berishi uchun uylarimizni texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor berishimiz shart,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, aholi bilan suhbatda vazir o’rinbosari mulkdorlar mas’uliyatiga ham to’xtalib o’tdi.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatida 165 mingdan ortiq xonadondan iborat 5 033 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud. Shundan 4 783 ta uylarga 94 ta boshqaruvchi tashkilotlari, 83 tasiga 12 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 134 ta uylar bevosita mulkdorlar boshqaruvida hisoblanadi.




