QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRI O‘RINBOSARI OZODA JO'RAYEVA Yashnobod tumanidagi “Kreativ” boshqaruv servis kompaniyasida BO’LDI
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent shahrining bir qator hududlarida bo’lib, ko’p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o’rganayotgani haqida xabar berib kelmoqdamiz.
Bugun Yashnobod tumani “Kreativ” boshqaruv servis kompaniyasi tanqidiy qat’iy ko’rib chiqildi. Xususan, kompaniyaning obodonlashtirish hududlari, kirish va yerto’la qismidagi tartibsizliklar bugungi sohadagi talablarga zid ekanligi ta’kidlandi.
Ko’kalamzorlashtirish bilan bog’liq muammolarga yechim sifatida sug’orish tizimi yo’lga qo’yilmagani, bu esa daraxtlarning qurib ketishiga sabab bo’layotgani ta’kidlandi.
- Aholiga xizmat ko’rsatish sohasida mas’uliyatsizlik qilishga hech kimning haqqi yo’q. Chunki bu bir emas bir necha kishining xavfsiz, sog’lom muhiti uchun javobgarlikdir. Bu kunning qaysi qismi bo’lishidan qat’iy nazar birinchi yordamga tayyor turish degani. Aks holda, sizga bu tizimda o’rin qolmaydi,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
O’rganish davomida kompaniyaning faoliyati qoniqarsiz deb topildi va mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kun muddat belgilandi.





