UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayevaga poytaxtimizning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasida bo'ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayevaga poytaxtimizning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasi 16-ko’p qavatli uy 10-xonadon a’zosidan murojaat kelib tushdi. Unda 80 yoshni qarshilagan Tatyana Semyonovna bir necha yillardan buyon tomdan suv o’tish muammosidan qiynalib kelganligini ta’kidlagan.

Vazir o’rinbosari tegishli mas’ullar bilan holatni o’rganish maqsadida mazkur manzilda bo’ldi. Haqiqatan ham “Konfor universal” BSK tomonidan xizmat ko’rsatiladigan uyning tom qismi ta’mirga muhtoj.

Ozoda Jo’rayeva tom qismini o’rganish davomida boshqaruv tashkiloti ishchi-xodimlarining o’z ishiga nisbatan mas’uliyatsizligini qat’iy tanqid ostiga oldi.

- Mutaxassis bo’lmagan odam o’z ishiga ana shunday sovuqqonlik bilan qaraydi. Bilimsizligi oqibatida o’ziga ham boshqalarga ham zarar yetkazadi. Agar muammoning tub mohiyatini anglamay, ko’zbo’yamachilik asosida ish davom etsa, katta talofatlar kelib chiqarishi mumkin. Bunday holatga biz jim qarab turmaymiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Kompaniyaga tez fursatda mazkur muammoni sifatli hamda talab darajasida bartaraf etish topshirig’i berildi.

Ozoda Jo’rayeva, shuningdek, murojaatchi bilan uchrashdi va yetkazilgan noqulaylik hozirgi islohotlar, vazirlik siyosatiga zid ekanligini ta’kidladi. Qisqa muddat ichida xonadonda yuzaga kelgan holatlar bartaraf etilishi aytib o’tildi. 

Mazkur jarayon shaxsan vazir o’rinbosari nazoratida ekanligi qayd etildi.