Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi
Bugun Taxiatosh tumanidagi 6-son umumta’lim maktabida qo‘shimcha bino qurilishi jarayonlari o‘rganildi. Buyurtmachi tashkilot “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DUK hisoblangan loyihaning qiymati 2 mlrd 246,9 mln so‘mni tashkil etadi.
O‘rganish davomida vazir o‘rinbosari qurilish sifatini oshirish, xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etish, energosamaradorlikni ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qurilayotgan qo‘shimcha bino maktabda o‘quvchilar sonining ortib borishi tufayli yuzaga kelgan ehtiyojni qondirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.