UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov  Andijon viloyatida bo'lib turibdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov  Andijon viloyatida bo'lib turibdi. 

O'rganish ishlari Andijon shahrida  eng so‘nggi texnologiyalar va jahon tajribasi asosida barpo etilayotgan ''Yangi Andijon'' shaharchasi bo‘ldi. 

Ma'lumot uchun, 4 000 gektar maydonda 440 000 aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrini barpo qilinmoqda. Ushbu hududning 1 144 gektarida uy-joylar quriladi, 215 gektarida savdo shoxobchalari, 240 gektarida xizmat ko‘rsatish, 276 gektarida sanoat va 1 942 gektarida yashil hududlar tashkil etilmoqda.

Vazir o‘rinbosari T.Alimatov  dastavval Yangi Andijon  markaziy ichimlik  va oqova suv inshootlarini  qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.

Markaziy hamda ichki oqova suv tarmoqlari qurilishi boʻyicha “ToshkentboshplanLITI” DUK tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan, ekspertiza xulosalari olingan. 

Ayni vaqtda oqova suv tozalash inshooti hamda markaziy va ichki oqova suv tarmogʻi qurilish ishlarining umumiy qiymati 106,9 mlrd. soʻmni tashkil etib,  Hozirgi kunda 83,8 mlrd soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan xamda 5304 metr uzunlikda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (kollektor) qurib bitkazildi hamda ushbu muhandislik-kommunikatsiya tarmogʻi ichiga 1400 metr uzunlikda oqova suv tarmoqlari va oqova suv tozalash inshooti tarkibidagi obyektlarda ham temir beton quyma devorlar qurib bitkazildi.