UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida bo'ldi

Toshkent shahri va viloyatida barpo etilayotgan turar-joylar sifati qay darajada? Qurilishlar belgilangan ShNQga javob beradimi? Shu singari savollarga oshkoralik asosida javob olish maqsadida tashkil etilgan reyd tadbirlari davom etadi. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bunyod etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida bo'ldi. 

Ma'lumot uchun, kompleks rivojlanish tamoyili asosidagi mazkur massivda 2023-yil 250 qatnovli poliklinika, 990 o'rinli maktab hamda 360 o'rinli MTT qurilib, aholi ixtiyoriga topshirilgan bo'lsa, 2024-yilda 1150 ta xonadondan iborat 17 ta ko'p qavatli uy-joylarni qurib, foydalanishga topshirish reja qilingan.