UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Farg'ona viloyatida bo‘lib, bir qator qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Farg'ona viloyatida bo‘lib, bir qator qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda. 

Ayni damda vazir oʻrinbosari ishchi guruhi bilan Fargʻona shahridagi "Yangi O'zbekiston" massivi hududidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida bo'lib turibdilar. Ushbu manzilda qator kamchiliklar aniqlangani bois hozirda qurilish ishlari to'xtatilib, demontaj ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, obyekt ustunlarining belgilangan talablarga javob bermagan holda qurilayotgani jiddiy e'tirozlarni keltirib chiqargan. 

Shuningdek, mutasaddilarga qurilish madaniyatiga amal qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini unutmaslik, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan ta'minlash masalalariga ham e’tibor qaratish kerakligi ta'kidlandi. Jarayonda hududiy inspeksiya mutaxassislariga tegishli ko'rsatmalar berilib, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish lozimligi tushuntirildi.

Toir Alimatovning o'rganish ishlari davom etmoqda.