UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo‘lib, qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda

 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo‘lib, qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda. 

Dastlab Yangiyo’l shahri “Turkiston” MFY, Niyozboshi ko’chasidagi “Saidazim ota” MCHJga tegishli 8 qavatli 56 xonadonli obyekt tahlil qilindi. Jarayonda binoga bazalt to’g’ri qoplanmaganligi, pol plitalarining orasi ochilib, chiqindi bilan to’lgani, g’ishtlar sifatsiz terilgani qattiq tanqid qilindi.

Shuningdek, “Oriyent invest injinering” buyurtmachiligida qurilayotgan “Yangi bog’” MFY, Beruniy ko’chasidagi 7 qavatli  obyekt o’rganildi.

Binoni joriy yil oxirigacha qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan bo’lib, vazir o’rinbosari obyekt loyihasi va sifatiga doir barcha masalalarni mutasaddilarga tushuntirdi.

Shundan so’ng Yangiyo’l shahri Navro’z dahasidagi 5 qavatli 45 xonadonli qurilish obyekti ko’rib chiqildi. “Doston house” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan obyektda ichki devorlarning metal ustunlari ishchi loyihaga zid ravishda bajarilgani ma’lum bo’ldi va joyida mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

 “Navro’z” MFY, Ibn Sino ko’chasidagi  5 qavatli bino ham Toir Alimatov e’tiboridan chetda qolmadi. Obyektda gidroizolyatsiya ishlari belgilangan tartibda qilinmagani jiddiy e’tirozga sabab bo’ldi.

Navbatdagi manzil “Bahor" MFYdagi 4 qavatli 72 xonadondan iborat ko’p qavatli uyning qurilishi bo’ldi. “Bilol 777" MCHJga tegishli obyektda deyarli kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi. 

Kuzatuvlar davomida vazir o‘rinbosari tegishliligi yuzasidan mas’ullarga yana bir qator vazifalarni belgilab berdi. 

Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh monitoringlari Olmaliq shahrida davom etmoqda.