Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov va BAA Hukumat ishlari vazirligining Hukumat samaradorligi va davlat boshqaruvini yaxshilash dasturi direktori Ibrohim Salman Al Hammadi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov va BAA Hukumat ishlari vazirligining Hukumat samaradorligi va davlat boshqaruvini yaxshilash dasturi direktori Ibrohim Salman Al Hammadi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari hamda vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.
Uchrashuvda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining 2023-yilda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan I mavsumi sarhisob qilindi va dasturning II bosqichini amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.
Ta'kidlash lozimki, dasturning 2-mavsumida 1 ta institutsional hamda 7 ta individual nominatsiyalar bo‘yicha vazirlik va ulardagi xodimlarning baholanishi ko'zda tutilgan.
Dastlabki bosqichda soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish va tanlov kategoriyalarini aniqlash hamda ekspertlarni tayyorlash bo‘yicha BAA tomonidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Shuningdek, dastur g‘oliblari uchun BAAda stajirovkalar tashkil qilish, yurtimizda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining onlayn platformasini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.