UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov Vyetnam Respublikasining “Rox Group” kompaniyasi asoschisi Tuan Chan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov Vyetnam Respublikasining “Rox Group” kompaniyasi asoschisi Tuan Chan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi. O'zaro samimiy kechgan muloqotda sohada  hamkorlikni rivojlantirish va qurilish loyihalarini amalga oshirishda tajriba almashishga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

- Sir emas, O‘zbekistonda qurilish industriyasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy lokomotivlaridan biriga aylandi. Shu ma’noda Vyetnamda ham ushbu soha iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri desak, ayni haqiqat bo’ladi. Iqtisodiy o‘sish, urbanizatsiya va investitsiyalarning ortishi hisobiga har ikki davlatda qurilish jadal sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda. Bugungi uchrashuvimiz ham mamlakatlarimizning bu boradagi boy tajribasini ommalashtirishda va tajriba almashishda muhim qadam bo’lishiga ishonch bildiraman, - dedi Toir Alimatov.

 Muzokaralarda delegatsiya a'zolari qurilishda yashil texnologiyalar va ilg’or texnik yechimlarni birgalikda amalda qo’llashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Tomonlar yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildilar.