Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Xorazm viloyati Urganch shahrida ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganishda davom etmoqda
Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Xorazm viloyati Urganch shahrida ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganishda davom etmoqda.
Al Xorazmiy MFYda "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida mukammal ta'mirlanayotgan 13-sonli maktabda umumiy holat qoniqarsiz ahvolda ekanligi ta'kidlandi:
- maktabning pol qismida noto‘g‘ri qurilish ishlari bajarilgan;
- qurilish madaniyatiga amal qilinmagan;
- xavfsizlik qoidalari inobatga olinmagan;
- obyektda loyihadan chetga chiqish holatlari kuzatildi.
Vazir o‘rinbosari tomonidan mutasaddilarga kamchiliklarni tezda bartaraf etib, maktabni sifatli qilib ta'mirlash ishlarini yakunlash talabi qo‘yildi.





