Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Xorazm viloyatidagi qurilish obyektlarini tahliliy o‘rganib chiqmoqda
Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Xorazm viloyatidagi qurilish obyektlarini tahliliy o‘rganib chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoniga asosan Xonqa tumani “Yosh kuch” mahallasi hududida ishlab chiqilgan bosh reja asosida 10.0 gektar yer maydonida “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etilgan.
Mazkur massivda 46 ta uy-joy, 2810 ta kvartirali uy-joylar qurilishi rejalashtirilmoqda. 2022-yilda 9 ta 5 qavatli 268 ta xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirilgan.
2023-yilda 8 ta 5 qavatli 180 ta xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirilgan.
2024-yilda 1 ta 5 qavatli 40 ta xonadonli uy-joylar qurib foydalanishga topshirilgan.
Bugungi kunga qadar massivda 18 ta (5 qavatli, 1-2 va 3 xonali) 488 ta xonadon uy-joylar foydalanishga topshirilgan.
Ushbu massivning hozirda qurilishi davom etayotgan obyektlarini o‘rganish jarayonida vazir o‘rinbosari tomonidan qurilish madaniyatiga amal qilinmayotgani, ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanmagani, poydevor gidroizolyatsiyasi talab darajasida emasligi aniqlandi.
Xususan, loyihaning kamchiliklari ko‘p va qurilish maydonidagi holat qoniqarsiz ahvolda.





