UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholi murojaatlarini joyiga chiqib oʻrganish maqsadida Yunusobod tumanida boʻldi

Kommunal sohada aholi murojaatlari bilan ishlash birlamchi oʻrin tutishi kerak. Shu bois vazirlik ushbu yoʻnalishdagi ishlarga asosiy eʼtiborni qaratadi. 

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholi murojaatlarini joyiga chiqib oʻrganish maqsadida Yunusobod tumanida boʻldi. Koʻp qavatli uylarga Boshqaruv tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat sifati, yertoʻlalarning holati va boshqa masalalar koʻrib chiqildi. Hududlar tozaligiga eʼtiborli boʻlish, turli chiqindilar, bolalar tagliklari va boshqa jismlarning kanalizatsiyaga tashlanishi natijasida kelib chiqqan tiqilishlarni oʻz vaqtida bartaraf etish barobarida aholiga ham tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha kompaniya mutasaddilariga topshiriqlar berildi.