UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib turibdi

Avval xabar qilganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Sh.Hidoyatov Qirg‘iziston Qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Tadbir avvalida mehmonlarga Qirg‘izistonda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, to‘plangan tajriba va istiqboldagi rejalarga oid ko‘rgazma namoyish etildi. Shundan so‘ng vazirlar hamda qurilish sohasi vakillari ishtirokida asosiy marosim bo‘lib o‘tdi.

Sherzod Hidoyatov so‘zga chiqar ekan, qirg‘izistonlik hamkasblarini mazkur sana bilan tabriklab, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mushtarak va do‘stona munosabatlar ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari hamda erishilgan kelishuvlar asosida izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

“Bu sana — shunchaki tarixiy sana emas, balki minglab mutaxassislar, muhandislar, arxitektorlar, dizaynerlar, quruvchilar va kommunal xizmatchilarning fidoyiligi hamda mashaqqatli mehnatiga bo‘lgan eʼtibor ramzidir”, — dedi vazir.

Shuningdek, Sherzod Xidoyatov qirg‘izistonlik hamkasblar va qurilish sohasi vakillariga kelgusidagi bunyodkorlik ishlarida zafarlar tiladi.