UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bugun Jizzax viloyatida bo’ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bugun Jizzax viloyatida bo’ldi. 

Baxmal tumani infratuzilmasini shaharsozlik norma va qoidalarida ko’rsatilgan talablarni hisobga olgan holda takomillashtirish hamda aholi yashashi, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari 
bilan ta’minlash yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. 

Unda daxldor tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik subyektlari va pudratchilar ishtirok etdi. 

Tadbirda tumanni kompleks rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish hamda eskirgan bog‘ va tokzorlar o‘rnida yangi sanoatlashgan intensiv mevali bog‘lar barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig'ilish so'ngida tumanning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi. Buning uchun hududga zamonaviy shaharsozlik yondashuvlarini joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va aholining hayot sifatini oshirishga e'tibor qaratish lozimligi alohida ta'kidlandi.