Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov va vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshqaruv tashkilotining tungi shayligini ko’zdan kechirmoqdalar
Nazorat tadbirlari Mirzo Ulug’bek tumani “Sifat kommunal” BSKda davom etmoqda.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov va vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshqaruv tashkilotining tungi shayligini ko’zdan kechirmoqdalar.
Xususan, boshqaruv tashkilotining murojaatlarni qabul qilish tartibi, muammo va takliflar o’rganilyapti.
Vazir Sherzod Hidoyatov Mirzo Ulug’bek tumani “Katta yalong’och ota” mahallasidagi ko’p qavatli uylarning texnik holati, issiqlik ta’minoti tizimi, kirish yo’laklaridagi energosamaradorlik qoidalariga amal qilish holatlarini o’rganmoqda.
Qish mavsumida aholi uchun eng zarur bo’lgan issiqlik ta’minoti sifati alohida e’tibor bilan ko’rib chiqilyapti.
Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Avayxon obod” BSK 110 ta uyga xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Ishchi guruh avvalo BSK binosi va uylarning kirish yo’laklarini ko’zdan kechirdi.
Qish mavsumiga tayyorgarlik holati o’rganildi. Jarayonda ishga mas’uliyatni oshirish bo’yicha topshiriqlar berildi.