Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri tungi o’rganish ishlarini davom ettirmoqda
2024-12-15
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri tungi o’rganish ishlarini davom ettirmoqda.
Navbatdagi manzil Mirzo Ulug’bek tumani “Azamat” mahallasida joylashgan quvvati 60 MWtga teng lokal qozonxona bo’ldi. Mazkur issiqlik ta’minoti korxonasi bugungi kunda tumandagi 12 ta ko’p qavatli uyni issiqlik bilan ta’minlab kelmoqda. Qozonxonada 4 ta qozon mavjud.
Mutasaddilar qozonxonaning dispetcherlik xizmati, ko’p qavatli uylarga yetkazib berilayotgan issiqlik bosimini ko’zdan kechirmoqdalar.